20 okt 19:18
Yangiliklar
Futbol

Ettita gol kiritilgan o'yinda "Inter" qiyin g'alabaga erishdi
Italiya A Seriyaning 9-turi doirasida "Inter" safarda "Sassuolo"ni mag'lub etdi.
Muxlislar uchrashuvda jami 7 ta golga guvoh bo'lishdi. Martines va Lukakuning dubli mehmon maqomida harakat qilgan "neradzurilar"ga 4:3 hisobidagi muhim g'alabani taqdim etdi.
"Sassuolo" - "Inter" 3:4
Gollar: Berardi (16), Jurichich (74) - Martines (2, 71-pen), Lukaku (38, 45-pen).
"Sassuolo" - Konsili, Muldur (Tolyan, 77), Marlon, Peluzo, Tripaldeli, Danken, Magnaneli, Obiang (Boga, 52), Traore (Jurichich, 66), Berardi, Kaputo.
"Inter" - Xandanovich, SHkrinyar, De Vrey, Bastoni, Kandreva (Lacaro, 73), Galyardini, Brozovich, Barelya, Biragi, Martines (Politano, 72), Lukaku (Vesino, 90).
Havola :
Fikrlar