So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

25 okt 11:23
Yangiliklar

SHaxmat

European Chess Club Cup. Abdusattorovda ketma-ket to'rtinchi g'alaba!

Cerbiyaning Rashsk okrugi Vrnyachka-Banya shaharchasida shaxmat bo'yicha klublar o'rtasida Evropa Kubogi davom etmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi European Chess Club Cup musobaqasi o'z tarixida 39, ayollar ishtirokidagisi esa 28-marotaba tashkil etilyapti. Bu yilgi qita kubogida uch nafar grossmeysterimiz Evropa klublari tarkibida muvaffaqiyatli tarzda qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov Ruminiyaning "SuperChess", Nodirbek Yakubboev esa Sloveniyaning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoalari sharafini himoya qilyapti. Kecha 5-turda "SuperChess" klubi Serbiyaning "SK JAVES Modra" jamoasini 5:1 hisobida dog'da qoldirdi. Abdusattorov Tomas Laurusasni, Sindarov esa Federik Yozefni mag'lubiyatga uchratib, jamoasining umumiy muvaffaqiyatiga hissa qo'shdi. 

Nodirbek Yakubboevning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoasi esa 5-turda CHernogoriyaning "Elektroprivreda" klubidan 4:2 hisobida ustun keldi. Yakubboev Nikita Petrov bilan durang o'ynadi. Turning markaziy uchrashuvi ikki peshqadam "Alkaloid" (Makedoniya) va "Turkish Airlines" (Turkiya) jamoalari o'rtasida o'tkazilib, 3:3 hisobidagi jangovar durang natija bilan yakunlandi. 

Beshinchi turdan so'ng karvonboshi o'zgardi. Beshta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan CHexiyaning "Novy Bor Chess Club" klubi 10 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. "Turkish Airlines", "Alkaloid" va "C'Chartres Echecs" klublari hisobida 9 tadan ochko bor. "SuperChess" va "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klublari 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra mos ravishda 5 hamda 7-o'rinlarni band etishgan. 

Bugun 6-turda "SuperChess" "Tuxera Aquaprofit Nagykanizsai Sakk Klub" bilan, "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klubi esa "Beer Sheva Chess Club" jamoasi bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing