So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

26 okt 10:24
Yangiliklar

SHaxmat

European Chess Club Cup. Abdusattorovni mag'lub etishdi, yana bir Nodirbekda durang, Sindarovda g'alaba

Cerbiyaning Rashsk okrugi Vrnyachka-Banya shaharchasida shaxmat bo'yicha klublar o'rtasida Evropa Kubogi davom etmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi European Chess Club Cup musobaqasi o'z tarixida 39, ayollar ishtirokidagisi esa 28-marotaba tashkil etilyapti. Bu yilgi qita kubogida uch nafar grossmeysterimizning ham Evropa klublari tarkibida muvaffaqiyatli tarzda qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov Ruminiyaning "SuperChess", Nodirbek Yakubboev esa Sloveniyaning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoalari sharafini himoya qilyapti. Kecha 6-turda shaxmatchilarimizning jamoalari navbatdagi g'alabaga erishishdi. "SuperChess" klubi "Tuxera Aquaprofit Nagykanizsai Sakk Klub" jamosini 4,5:1,5 hisobida engdi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o'ynashiga qaramay, ukrainalik Andrey Volokitinga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Javohir Sindarov esa aksincha, vengriyalik Akcel Gergelini taslim etdi. 

Yakubboevning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klubi 6-turda "Beer Sheva Chess Club" jamoasidan 3,5:2,5 hisobida ustun keldi. Yakubboev qora donalarda isroillik Nitzan Steynberg bilan durang o'ynadi. Peshqadamlar "Novy Bor Chess Club" - "Alkaloid" hamda "Turkish Airlines" - "C'Chartres Echecs" uchrashuvlarida 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.  

Oltinchi turdan so'ng 5 g'alaba va 1 durangga ega CHexiyaning "Novy Bor Chess Club" klubi 11 ochko bilan yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Nodirbek Abdusattorov o'ynayotgan "SuperChess" klubi 10 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. "Turkish Airlines", "Alkaloid", "TAJFUN-ŠK Ljubljana", "Bayegan Pendik Chess Sports Club" va "C'Chartres Echecs" jamoalari hisobida ham 10 tadan ochko bor. 

Bugun 7-turda chempion nomini aniqlab berishi mumkin bo'lgan uchrashuvda "SuperChess" klubi peshqadam "Novy Bor Chess Club" jamoasi bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek va Javohirdan bugungi uchrashuvlarda g'alaba kutamiz. Yakubboevning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klubi esa 7-turda "Sentimento Ajka BSK" jamoasiga qarshi dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing