So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

27 okt 10:27
Yangiliklar

SHaxmat

European Chess Club Cup yakunlandi. Grossmeysterlarimiz o'ynagan jamoalar nechanchi o'rinni egalladi?

Cerbiyaning Rashsk okrugi Vrnyachka-Banya shaharchasida shaxmat bo'yicha klublar o'rtasida o'tkazilgan Evropa Kubogi yakuniga etdi.

Erkaklar o'rtasidagi European Chess Club Cup musobaqasi o'z tarixida 39, ayollar ishtirokidagisi esa 28-marotaba tashkil etildi. Bu yilgi qita kubogida uch nafar grossmeysterimiz ham Evropa klublari tarkibida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. 

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov Ruminiyaning "SuperChess", Nodirbek Yakubboev esa Sloveniyaning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoalari sharafini himoya qildi. Afsuski, kecha o'tkazilgan so'nggi 7-turda Nodirbek va Javohirning jamoasi mag'lubiyatga uchrab, kuchli uchlikdan joy olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

CHempion nomini aniqlab bergan uchrashuvda "SuperChess" peshqadam "Novy Bor Chess Club" jamoasiga 2,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Abdusattorov qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymer, Sindarov esa vetnamlik Van Tay Nguen bilan durang o'ynadi. Birgina Van Forestning mag'lubiyati "SuperChess" jamoasiga qimmatga tushdi. 

Nodirbek Yakubboevning "TAJFUN-ŠK Ljubljana" klubi esa 7-turda "Sentimento Ajka BSK" jamoasi bilan 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi. Nodirbekning o'zi reytingda o'zidan yuqorida turgan serbiyalik xalqaro grossmeyster Aleksey Saranani mag'lub etishni uddaladi.  

SHu tariqa, so'nggi turda muhim g'alabani qo'lga kiritgan CHexiyaning "Novy Bor Chess Club" jamoasi 13 ochko bilan Evropa Kubogini qo'lga kiritdi. Bu klub 6 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Kumush medallar 12 ochkoga ega "Alkaloid" klubiga nasib etdi. "Vados Chess Club" 11 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'ynagan "SuperChess" klubi 10 ochko bilan 7-o'rinni band etdi. Bu jamoa 10 ochko jamg'arganlar orasida eng yaxshisi bo'ldi. Yakubboev o'ynagan "TAJFUN-ŠK Ljubljana" jamoasi 5-o'rinni egalladi. Bu klub bronza medallarini qo'lga kiritgan "Vados Chess Club" singari 11 ochko jamg'ardi, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar sabab sovrinli o'rindan mahrum bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing