04 okt 10:33
Yangiliklar
Futbol

“Everton” 126 yillik natijasini takrorladi
G'alabali rekordini takrorlash uchun “Everton”ga bir asrdan ko'proq vaqt kerak bo'ldi.
APL 4-turida “Brayton” ustidan g'alabaga erishgan “Everton” o'zining 126 yil avvalgi rekordini takrorladi. Bu Anchelotti jamoasining APLda qatorasiga to'rtinchi, barcha turnirlarda esa ettinchi ketma-ket erishilgan g'alabasi bo'ldi.
Opta Sports malumotlariga ko'ra, “Everton” o'z tarixida ikkinchi marta mavsumning ketma-ket ettita o'yinida g'oliblikka erishdi. Bunday natija ilk marta 1894/95 yilgi mavsumda kuzatilgandi. SHu tariqa mersisaydliklar 126 yil ilgari o'rnatilgan rekordni takrorlashdi.
Havola :
Fikrlar