04 noy 06:43
Yangiliklar
Futbol

"Everton" - "Tottenxem" uchrashuvi 102 daqiqa davom etdi
Angliya Premer-ligasi 11-tur doirasidagi "Everton" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin kutilganidan ham shiddatli kechdi.
Uchrashuvda "Tottenxem" tayyor g'alabani qo'ldan boy berdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan sakkizinchi daqiqa o'tib borayotgan bir pallada Jenk Tosun hisobni tenglashtirdi. Ungacha qadar uchrashuvning 63-daqiqasida Delli Alli "Tottenxem"ni hisobda oldinga olib chiqqan edi.
"Everton" - "Tottenxem" 1:1
Gol: Jenk Tosun (90+7) - Deli Alli (63)
"Gudison Park" stadioni
"Everton": Pikford, Din, Mina, Xolgeyt, Sidibe, Delf, Ivobi, Uolkott, Devis, Risharlison, Andre Gomesh.
"Tottenxem": Gassaniga, Alderveyreld, Ore, Devis, Sanches, Eriksen, Alli, Lukas Moura, Sissoko, Son Xyon Min, Ndombele
Havola :
Fikrlar