25 dek 12:42
Yangiliklar
Xokkey
Evgeniy Popixin "Ijstal" bilan g'alabali o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin "Ijstal"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Muhim o'yinni yutdik va muhim bo'lgan ikki ochkoni ishlab oldik. Ijevskda yaxshi jamoa bor, yaxshi xokkey ham. O'yinni ko'rishga kelgan insonlar zavq olishdi. Raqib yaxshi harakat qildi. O'yin yakunida esa ikkita vaziyatda Roman Smiryagin jonimizga oro kirdi. O'yin yaxshi, qiziq, tezkor o'tdi. Ushbu g'alabadan xursandmiz va olg'a intilishda davom etamiz. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, yaxshi o'ynab turib ham, bazida yutqazib qo'yasan ", - dedi "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin.
Havola :
Manba : "Ҳумо" матбуот хизмати
Fikrlar