11 iyu 02:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/81_220.jpg)
Evro-2016. Franciya oson bo'lmagan g'alaba bilan boshladi
Evro-2016ning ochilish o'yinida musobaqa mezboni Franciya hamda “A” guruhining yana bir vakili Ruminiya terma jamoalari to'qnash kelishdi.
“Stad
de Frans” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda faranglar murakkab g'alabani
qo'lga kiritishdi. Olive Jiru 58-daqiqada hisobni ochdi. 65-daqiqada
Stanku muvozanatni tikladi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga bir
daqiqa qolgan bir paytda Paye g'alaba to'pini kiritdi.
Evro-2016. “A” guruhi, 1-tur.
FRANCIYA – RUMINIYA 2:1
“Stad de Frans” stadioni
Gollar: Jiru (58), Stanku (65), Paye (89)
Franciya – Loris, Koselni, Evra, Sanya, Rami, Matyuidi, Kante, Paye (Sissoko, 90), Pogba (Marsyal, 77), Grizmann (Koman, 66), Jiru.
Ruminiya – Teterushanu, Kirikesh, Rac, Sepunaru, Grigore, Stanchu (Kipchu, 72), Xoban, Pintiliy, Popa (Torje, 82), Stanku, Andone (Alibek, 61).
Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)
Ogohlantirishlar: Kirikesh (32), Rac (45), Jiru (68), Popa (78).
Fikrlar