03 iyu 03:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/849_220.jpg)
Evro-2016. Germaniya penaltilar seriyasida Italiyani mag'lub etdi
Final oldidan final nomini olgan uchrashuvda Germaniya va Italiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida 1:1 hisobi qayd etildi.
Avvaliga Mesul O'zil 65-daqiqada germaniyalik futbolchilarni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada esa Bonuchchi penaltidan muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa Noyerning ajoyib harakati Germaniya terma jamoasiga yarim final chiptasini taqdim etdi.
Evro-2016. CHorak final
GERMANIYA – ITALIYA 1:1 (penaltilar seriyasida - 6:5)
Bordo, Franciya. “Matmut-Atlantik” stadioni
Gollar: O'zil 65, Bonuchchi 78 (pen).
Germaniya: Noyer, Gektor, Xyovedes, Xummels, Xedira (SHvaynshtayger 16), O'zil, Myuller, Boateng, Kroos, Kimmix, Gomes (Draksler 72).
Italiya: Buffon, Barcali, Bonuchchi, Kellini (Zaza 120), Florenci (Darmian 86), Sturaro, Parolo, Jakkerini, De SHilo, Pelle, Eder (Insine 108).
Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)
Ogohlantirishlar: Sturaro 56, De SHilo 57, Parolo 59, Xummels 90, Pelle 91, Jakkerini 103, SHvaynshtayger 112.
Fikrlar