04 iyu 02:30
Yangiliklar
![](/upload/storage/874_220.jpg)
Evro-2016. Islandiya to'xtatildi, Franciya so'nggi yarim finalchi
“Stad de Frans” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda musobaqa kashfiyotiga aylangan Islandiya terma jamoasining ertagi yakunlandi. Franciya terma jamoasi allaqachon tarix yaratib bo'lgan islandiyalik futbolchilardan 5:2 hisobida ustun keldi.
Garchi o'z suyuklilari mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, muxlislar islandiyalik futbolchilarni olqishlar bilan kuzatib qo'yishdi. Endi Evropa chempionati mezbonlari yarim finalda amaldagi jahon chempioni Germaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Evro-2016. CHorak final
FRANCIYA – ISLANDIYA 5:2
“Stad de Frans” stadioni
Gollar: Jiru (12, 59), Pogba (20), Paye (43), Grizmann (45) – Sigtursson (56), Byarnason (84)
Franciya – Loris, Umtiti, Evra, Sanya, Koselni (Mangalya, 72), Pogba, Matyuidi, Payet (Koman, 80), Sissoko, Grizmann, Jiru (Jinyak, 60).
Islandiya – Xaldersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason (Ingason, 46), Gudmundsson, Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Sigtorsson (Gudonsen, 83), Bedvarsson (Finnbogason, 46).
Ogohlantirishlar: Byarnason (58), Umtiti (75).
Fikrlar