11 iyu 02:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/1143_220.jpg)
Evro-2016. Portugaliya ilk bor Evropa chempioni!
Guruh bosqichidan bir amallab pley-offga yo'llanma olgan Portugaliya terma jamoasi yakunda Evropa chempionligiga erishdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Krishtianu Ronaldu sardorligidagi jamoa musobaqa mezbonlarini mag'lub etishdi.
O'yinning asosiy vaqtida xisob ochilmadi. Boz ustiga birinchi bo'limning o'zida Ronaldu jarohat olib maydonni tark etdi. Aynan o'sha pallalarda ko'pchilik endi Franciya ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozonadi, deb o'ylay boshladi.
Lekin portugaliyaliklar bunga osonlikcha rozi bo'lishmadi. Qo'shimcha bo'limlar o'tib borayotgan bir pallada, aniqrog'i 109-daqiqada Eder jamoasiga Evropa chempionligini taqdim etgan golga mualliflik qildi. Portugaliya o'z tarixida ilk bor Evropa chempioniga aylandi.
Evro-2016. Final
PORTUGALIYA – FRANCIYA 1:0
10 iyul. Sen-Deni. “Stad-de-Frans” stadioni.
Gol: Eder 109
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Joze Fonte, Rafael Gerreyru, Krishtianu Ronaldu (Rikardo Kuarejma 23), Joau Mariu, Villiam Karvalyu, Renatu Sanshesh (Eder 79), Nani, Sedrik Soaresh, Adrien Silva (Joau Moutinyu 66).
Franciya: Ugo Loris, Patris Evra, Antuan Grizmann, Dimitri Paye (Kingsli Koman 58), Olive Jiru (Andre-Per Jinyak 78), Blez Matyuidi, Pol Pogba, Mussa Sissoko (Antoni Marsyal 111), Bakari Sanya, Loran Koselni, Samuel Umtiti.
Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya).
Ogohlantirishlar: S.Soaresh 34, J.Mariu 62, V.Karvalyu 98, R.Patrisiu 123 – S.Yumtiti 80, B.Matyuidi 97, L.Koselni 107, P.Pogba 115
Fikrlar