07 iyu 03:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/993_220.jpg)
Evro-2016. Portugaliya ilk g'alabasi evaziga finalga chiqdi
Unda Portugaliya terma jamoasi musobaqa kashfiyotiga aylangan Uelsdan 2:0 hisobida ustun keldi. Bu bilan Portugaliya Evro-2016da 90 daqiqa mobaynidagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va bu g'alaba jamoani finalga olib chiqdi.
Krishtianu Ronaldu 50-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib, Lushi Nani hisobni yiriklashtirdi. Ikkinchi yarim final juftligida Germaniya va Franciya terma jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Evro-2016. Yarim final.
PORTUGALIYA – UELS 2:0
Lion. “Stad de Lion”
Gollar: K.Ronaldu 50, Nani 53
Portugaliya: Rui Patrisiu, Sedrik Soaresh, Joze Fonte, Bruno Alvesh, Rafael Gerreyru, Danilo, Joau Mariu, Adrian Silva (Joau Moutino 79), Renato Sanshesh (Andre Gomesh 74), Nani (Rikardo Kuarejma 87), Krishtianu Ronaldu.
Uels: Ueyn Xennessi, Kristofer Ganter, Jeyms CHester, Jeyms Kollinz (Jonatan Uilyams 66), Eshli Uilyams, Nil Teylor, Jo Allen, Jo Ledli (Sem Vouks 58), Endryu King, Xel Robson-Kanu (Saymon CHerch 63), Garet Beyl.
Bosh hakam: Yonas Eriksson (SHveciya)
Ogohlantirishlar: B.Alvesh 71, K.Ronaldu 72 – J.Allen 8, J.CHester 62, G.Beyl 88
Fikrlar