15 iyu 23:43
Yangiliklar
![](/upload/storage/193_220.jpg)
Evro-2016. SHveycariya Ruminiya bilan murosaga keldi
Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Avvaliga uchrashuvning 18-daqiqasida Stanku penaltidan hisobni ochdi. Bu uning chempionatdagi ikkinchi goli bo'ldi.
Franciyaga qarshi ochilish o'yinida ham Stanku penaltidan gol kiritgandi. O'yinning 57-daqiqasida Mexmedi aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi.
Evro-2016. “A” guruhi. 2-tur
RUMINIYA – SHVEYCARIYA 1:1 (1:0) “Parc des Princes” stadioni
Gollar: Stanku 18 (pen) – Mexmedi 57
Ruminiya: Teterushanu, Sepunaru, Kirikesh, Grigore, Rac (Flip 61), Prepelice, Pintiliy (Xoban 46), Torje, Stanku (Andone 83), Kipchu, Kesheryu.
SHveycariya: Sommer, Lixtshtayner, SHer, Jere, Rodriges, Bexrami, Jaka, SHakiri (Tarashay 90), Jemayli (Lang 83), Mexmedi, Seferovich (Embolo 63).
Bosh hakam: Sergey Karasyov
Ogohlantirishlar: Prepelice 22, Kipchu 24, Kesheru 37, Jaka 50, Embolo 90.
Fikrlar