04 iyu 18:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/916_220.jpg)
Evro-2016. Yarim final o'yinlarini boshqaradigan hakamlar malum
Unga ko'ra, Portugaliya – Uels terma jamoalari o'rtasidagi birinchi yarim final uchrashuvini boshqarish shveciyalik Yunas Erikksonga ishonib topshirildi. Bu o'yin 6 iyul kuni Lion shahrida bo'lib o'tadi. Erikkson uchun bu Evro-2016 doirasidagi uchinchi o'yin bo'ladi. Bunga qadar u Turkiya – Xorvatiya (0:1) va Uels – Rossiya (3:0) uchrashuvlarini boshqargandi.
Franciya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi yarim final bahsida esa italiyalik referi Nikola Riccoli hakamlik qiladi. Bu uchrashuv 7 iyul kuni Marsel shahrida o'tkaziladi. Riccoli bungacha Angliya – Rossiya (1:1), Portugaliya – Avstriya (0:0) hamda Franciya – Irlandiya (2:1) o'yinlarida bosh hakam vazifasini bajardi.
Fikrlar