25 iyu 00:10
Yangiliklar
Futbol

Evro-2016da kim qancha ishlab topdi, Rossiyada 8,5 mln evro
UEFA Rossiya futbol ittifoqiga terma jamoaning Evro-2016dagi ishtiroki uchun 8,5 million evro pul to'laydi.
Barcha federaciyalar Evropa chempionati final bosqichiga chiqqani uchun 8 million evrodan olishadi. Guruh bosqichidagi har bir g'alaba uchun million evro, durang uchun 500 ming evrodan taqdim etiladi.
1/8 finalga chiqqan jamoalarga UEFA 1,5 milliondan, chorak final uchun 2,5 million, yarim final uchun 4 milliondan pul to'laydi. Finalda mag'lub bo'lgan jamoa 5 million, Evropa chempioni esa – 8 million ishlab topadi.
SHunday qilib, guruh bosqichida eng ko'p pulni Franciya, Germaniya, Xorvatiya va Polsha terma jamoalari ishlab topishdi – 12 million evrodan. Bu jamoalar guruh bosqichida 2tadan g'alaba va 1tadan durang qayd etishdi.
Havola :
Fikrlar