17 mar 18:01
Yangiliklar
Futbol

Evro-2020 koronavirus tufayli 2021 yilga qoldirildi
2020 yilda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Evropa chempionati koronavirus xavfi tufayli 2021 yilga qoldirildi.
Bu xabarni shuningdek Norvegiya futbol federaciyasi ham tasdiqladi. Oldinroq, Angliya, Ispaniya, Italiya, Franciya, Germaniya va bir qator mamlakatlar chempionatlari to'xtatilgan edi.
Hozirgi vaqtga qadar koronavirusga 186,993 inson chalingan bo'lsa, ularning 7477 nafari vafot etgan. Keyingi yilda bo'lib o'tadigan Evropa chempionati o'yinlari yozda, aniqrog'i 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.
Futboldan biroz uzoqlashgan holda: "Xitoylik olimlar koronavirusga chalingan bemorlarda bo'ladigan isitmaga qarshi "Favilavir" (Favilavir) preparatining sinovini yakunladilar", - deya xabar berilmoqda "Jenmin jibao" gazetasi.
Havola :
Fikrlar