So’nggi yangiliklar

17:40Алекс Перейра Ган билан жанг аслида қачон ўтказилиши кераклигини айтди 0 16:12Моуринью "Реал Мадрид"нинг олти футболчисини трансферга қўяди 0 15:30"Менга Жейк Полни боксдан йўқотиш вазифаси қўйилганди. Вазифани виждонан бажардим" - Жошуа 0 14:58"Гэтжи мени кибрли деб ҳисоблайди, аммо бу қандай тугашини биласизлар" - Топурия 0 14:086 нафар боксчимиз World Boxing рейтингида пешқадам сифатида қайд этилди 0 12:54Саудия Арабистони Жаҳон чемпионати ўйинлари учун бепул чипталар тарқатади 0 11:32Хотамбек Бойназаровга мағлуб бўлган жангчи UFC'га ўтди 0 10:56Нурмагомедов Макгрегорнинг қайтишига ишонмаяпти 0 09:33Дмитрий Бивол фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:57Водилда белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди 0 08:12ФИФА Жаҳон чемпионати олдидан Абдуқодир Ҳусановга алоҳида эътибор қаратди 0 19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0

12 apr 17:58
Yangiliklar

Futbol

Jizzaxda tug'ilgan Evro-2004 g'olibi yoxud gagarinlik futbolchi haqida

Mirzacho'l tumanida tug'ilgan Evro-2004 g'olibi haqida bilarmidingiz?

Bugun "Xalqaro kosmonavtika kuni", sababi 1961 yil 12 aprel sanasida sayyoramizning birinchi kosmonavti, afsonaviy harbiy uchuvchi Yuriy Alekseevich Gagarin ilk bora "Vostok" nomli fazoviy kemada Qozog'iston hududida joylashgan "Boyqo'ng'ir" kosmodromidan 108 daqiqa davom etgan er shari atrofidagi orbital parvozini amalga oshirgan. Ushbu voqeiylik bilan insoniyat civilizaciyasi tarixidagi eng muhim voqealardan biriga aylangan.

SHu sabab 12 aprel kuni "Xalqaro kosmonavtika kuni" nishonlanadi va Yuriy Gagarin nomiga ko'plab ko'chalar va shaharlar nomlangan, bizning yurtimiz ham bundan istisno emas. Biz bugun koinotdagi birinchi inson sharafiga nomlangan, Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanidagi Gagarin shahrida tug'ilgan futbolchi va faoliyati davomida Evropa chempioni bo'lishga muvofiq bo'lgan va Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida to'p tepgan futbolchi Dimitrios Papadopulos? bilan tanishamiz.


Bolaligi va futbolga kirib kelishi

Yunon millatiga mansub bo'lgan Dimitros - 1981 yilning 20chi oktyabr sanasida yunonistonlik muhojirlar oilasida tug'ilgan. Dimitriosning ajdodlari Yunonistondagi fuqarolik urushi tufayli Jizzax viloyatiga ko'chib kelishadi. Papadopulos bolalik davrini Qozog'iston bilan chegaradosh bo'lgan Gagarinda o'tkazgan. Dimitrios futboldagi birinchi qadamlarini O'zbekistonda aynan Jizzaxda tashlagan, qahramonimiz maktab jamoasida to'p tepishni boshlagan va futboldagi birinchi saboqlarini Gagarinda olgan. 1989 yilda Dimitrios 7 yoshga to'lganda oilasi bilan Yunonistonga ko'chib ketishgan.



Futbolchilik faoliyati

Dimitrios asli vataniga qaytganidan so'ng mahalliy "Akratitos" klubi akademiyasida tarbiyalangan va shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropa chempioni 1999 yili "Akratitos" klubining asosiy tarkibida debyut qiladi va 2001 yilga qadar ushbu klubda faoliyat yuritadi. Ikki mavsum davomida 57ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishga muvofaq bo'ladi. 2001 yilda esa Dimitrios Angliyaning "Byornli" klubiga transfer qilindi. Papadopulos ikki yil davomida Angliyada to'p suradi va 35ta uchrashuvda 6ta gol uradi. Angliyada "ketmoni uchmagan" qahramonimiz 2003 yil Greciyaga qaytadi va "Panatinaikos" safiga borib qo'shiladi. Yunon futboli "grand"i safida faoliyatidagi "oltin davr"ini o'tkazadi. 2003-2008 yillar davomida "Panatinaikos" libosida 125ta uchrashuvda maydonga tushib, 52ta gol urishga muvofiq bo'ladi. 2008 yilda esa futbolchi bir mavsum Italiya klubi "Lechche"da to'p surdi va "Dinamo Zagreb" sharafini ham himoya qilishga ulgurdi. Italiyada omadsizlikka uchragan Jizzax farzandi 2010-2012 yillar oralig'ida Ispaniya chempionati ishtirokchisi "Selta" safiga ko'chib o'tadi, ammo "Selta"da asosan zaxirada qolib ketadi. 2012 yili Greciyaga qaytgan Papadopulos keyingi besh mavsum davomida Greciyaning: "Paok", "Pantrakikos", "Atromitos", "Asteras" klublarida ko'rinish berdi va 2017 yili faoliyatini "Panetolikos" klubida yakunladi.



Terma jamoadagi faoliyati

Dimitrios Papadopulos faoliyati davomida Greciya terma jamoasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Dimitrios 2004 yilda Portugaliyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Greciya tarkibidan joy olgan va musobaqa davomida 2ta uchrashuvda ishtirok etgan. Rossiyagya qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan va golli uzatmani amalga oshirgan. Final bahsida esa 81-daqiqada Sizis Vrizas o'rniga maydonga tushgan.

SHuningdek, Dimitrios Papadopulosning otasi "Paxtakor" tarihidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Vasilis Xadzipanagisning muxlisi bo'lgan. Futbolchi hozirgi kunda Greciya futbol federaciyasida texnik direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing