27 iyu 10:01
Yangiliklar
Evro-2020. UEFA VAR'ning musobaqadagi statistikasini taqdim etdi
Guruh bosqichidagi 36 o'yinda 179 ta bahsli epizod kuzatildi. Hakamlarning maydonda chiqargan 91,6% qarorlari to'g'ri bo'lgan. VAR hakamlarning qarorlarini 12 marta o'zgartirdi: 6 marta ofsayd holati sababli, 3 marta qoidalar buzilishi tufayli, 2 marta to'p qo'l bilan o'ynalgani va 1 bor tirsak ishlatilgani bois.
"Videoassistentlar hakamlarning to'g'ri qaror qabul qilishida hal qiluvchi rol o'ynashadi. Raqamlar ularning beqiyos hissasi borligini yaqqol bildiradi", – dedi Rozetti.
Bundan tashqari, turnirda ofsaydni aniqlash bo'yicha 21 ta bahsli holat qayd etildi. VAR 6 marta ishlatilgan bo'lib, hakamlar hali noto'g'ri qaror chiqarishmagan.
"Biz endi o'yindan tashqari holatni o'zimiz uchun muammo deb hisoblamaymiz", – deya qo'shimcha qildi Rozetti.
Fikrlar