17 may 16:42
Yangiliklar
Futbol

Evropa Ligasida g'olib bo'lgan "Atletiko" qancha pul ishlab oldi?
"Atletiko" joriy mavsum evrokuboklardagi ishtiroki uchun UEFAdan 26 million evrodan ko'proq pul oladi.
Bu haqda "As" nashri xabar berdi. Manbaning malumotiga ko'ra, Evropa ligasi finalida "Marsel" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) madridliklar g'aznasiga 6,5 million evro keltirdi.
Yarim finalga chiqqani uchun 1,6 mln, 1/4 finalga chiqqani uchun yana bir million. Bundan tashqari, "matraschilar" CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtirok uchun 16,3 million evro olishadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" ECHLning "C" guruhida "CHelsi", "Roma" va "Qorabog'" bilan birga bellashdi va yakunda uchinchi o'rin bilan cheklandi (1 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat).
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar