24 sen 20:59
Yangiliklar
Futbol

Evropada JCH-2022 saralash bahslari qachon bo'lib o'tishi elon qilindi, bahslar kelasi yili boshlanadi
UEFA Evropa termalari uchun 2022 yil Qatarda o'tkaziladigan mundialning saralash bahslari uchun yangi taqvimni tasdiqladi.
Tashkilot matbuot xizmatining xabariga ko'ra, kvalifikaciya o'yinlari 2021 yil 24 martidan 16 noyabrigacha bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, qo'shimcha o'rinlar uchun pley-off o'yinlari 2022 yilning mart oyiga belgilandi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 saralash bosqichiga qura tashlash marosimi 2020 yilning 29 noyabrida o'tkaziladi. Evropa terma jamoalari 10 guruhga ajratiladi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri musobaqaning final qismiga yo'l oladi. 2-o'rinni egallagan jamoalar hamda Millatlar Ligasining eng yaxshi ikki jamoasi bilan musobaqaning qolgan uch yo'llanmasi uchun kurashadi.
Qatardagi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : UEFA
Fikrlar