01 may 11:14
Yangiliklar
Tennis
Evropaning 14 davlatida tennisga ruxsat berildi
Tennis Europe tashkiloti koronavirus pandemiyasining bugungi holatiga tayangan holda musobaqalar o'tkazish bo'yicha o'z munosabatini bildirdi.
Unga ko'ra, ayni paytda Evropaning 14 ta davlatida ayrim cheklovlar asosida tennis turnirlari o'tkazish mumkin. Bu mamlakatlar - Belarus, SHveciya, Daniya, CHexiya, Estoniya, Finlyandiya, Vengriya, Isroil, Litva, Latviya, Niderlandiya, Norvegiya, Sloveniya va Slovakiya.
Takidlanishicha, yaqin kunlarda bu sanab o'tilgan davlatlar safini Avstriya, Belgiya, Germaniya, Islandiya va Polsha ham to'ldiradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar