14 iyu 12:26
Yangiliklar
Tennis
"F5 Nur-Sultan M25". Sergey Fomin 1/4 finalda
Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida ITF tasnifiga kiruvchi "F5 Nur-Sultan M25" turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan nimchorak final uchrashuvida qiyin g'alabani qo'lga kirtitdi. U belaruslik Ivan Lyutarevichni 7/6(3), 6/4 hisobida taslim etdi.
Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Qo'shxatolar Fominda 2 ta, Lyutarevichda 4 tani tashkil etdi. Sergey ATP reytingida 408, Ivan esa 788-pog'onadan joy olgan. Turnirning beshinchi raketkasi bo'lgan Sergey Fominning raqibi birozdan so'ng boshlanadigan Karlovskiy - Stetxem uchrashuvida aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar