25 fev 16:50
Yangiliklar
SHaxmat
Fabiano Karuana: "Sindarovda "qotil instinkti" bor"
Amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana hamyurtimiz Javohir Sindarovning davogarlar turniridagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"U albatta turnirni yuta oladi. Juda xavfli. Unda "qotil instinkti" bor. Tajribasi kam, lekin balki unga tajriba kerak ham emasdir. Men ham birinchi Nomzodlar turnirimda katta tajribaga ega emasdim, lekin baribir birinchi o'rin uchun kurashganman.
Hozir u juda yaxshi formada. G'alaba qozonish ehtimolini Anish bilan bir darajada yoki undan biroz yuqoriroq qo'ygan bo'lardim", deydi Karuana.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar