24 iyu 13:30
Yangiliklar
Futbol

Falkao “CHelsi”ga to'g'ri kelmadi va “Monako”ga qaytdi
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkao yana o'z klubi “Monako” safiga qaytdi.
Falkao o'tgan mavsumni Londonning “CHelsi” klubi tarkibida ijara asosida o'tkazgan edi. “Aristokratlar” futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmaslikni lozim topishdi.
Radamelning Angliyadagi ishlari o'zi xohlagandek yurishmadi. U avvaliga “Manchester Yunayted”, keyin esa “CHelsi”da o'z o'rnini topa olmadi. “CHelsi” tarkibida u bor yo'g'i 12ta uchrashuvda maydonga tushib, bittagina gol kiritdi, xolos. Kolumbiyalik futbolchining “Monako” bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.
Havola :
Manba : A Bola
Fikrlar