07 iyu 14:14
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/75396_220.jpg)
Falkao Turkiya jamoasiga o'tishga yaqin turibdi
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi.
"L’Equipe" xabariga ko'ra, 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Galatasaroy" klubi davogarlik qilmoqda. Tomonlar muzokaralarni yakunlashgan va transfer kelishib olingan.
O'tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi Liga 1`da 33 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Oldinroq uning xizmatlariga "Valensiya" va "Atletiko", shuningdek, Xitoy va Saudiya Arabistonidan takliflar borligi borasida malumotlar berilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar