21 iyu 08:55
Yangiliklar

“Farg'ona CHellenjer”. Bugun Fayziev va Fomin kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada nimchorak final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Bugun ikki nafar tennischimiz chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Birinchi raketkamiz Sanjar Fayziev nimchorak finalda serbiyalik Nikola Miloevich bilan hisob-kitob qiladi. Fayziev dunyo reytingida 262, Miloevich esa 211-o'rinni egallab turibdi. Bu ikki tennischi o'zaro bir bor to'qnash kelishgan. 2015 yil Qarshida o'tgan uchrashuvda Nikola g'alaba qozongan.
Yana bir tennischimiz Sergey Fomin esa kanadalik Breyden SHnur bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Fomin dunyo reytinigda 1600, SHnur esa 244-o'rinni band etgan.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan birinchi davra uchrashuvida hamyurtlarimizdan Temur Ismoilov isroillik Edan Leshemga, Amal Sultonbekov qozog'istonlik Timur Xabibulinga, Azizxon Turg'unov esa turkiyalik Jem Ilkelga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar