19 iyu 17:07
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona "CHellenjer". Do'stov Sanjar Fayzievga yutqazdi
Farg'onada mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "CHellenjer" turniri start oldi.
Qura natijalariga ko'ra ikki o'zbek tennischisi Farruh Do'stov va Sanjar Fayzievlar ilk davrada to'qnash kelishdi.
Birinchi setda Farruhning qo'li 6:4 hisobida baland keldi. Ikkinchi setda esa u jarohati sabab o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi. SHu tariqa, 53 daqiqa davom etgan o'yinda Do'stovning jarohati evaziga Sanjar Fayziev ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
U keyingi o'yinini turnirning uchinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Nikola Miloshevichga qarshi kortga chiqadi. Miloshevich ayni paytda dunyo reytingida 211-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar