21 iyu 14:35
Yangiliklar
Tennis

“Farg'ona CHellenjer”. Fayziev va Fominda mag'lubiyat
Farg'ona shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada nimchorak final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Bugun ikki nafar tennischimiz chorak final chiptasi uchun kortga chiqdi.
Birinchi raketkamiz Sanjar Fayziev nimchorak finalda serbiyalik Nikola Miloevichga 7:6(8:6), 3:6, 6:7(4:7) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Fayziev dunyo reytingida 262, Miloevich esa 211-o'rinni egallab turibdi.
Yana bir tennischimiz Sergey Fomin esa kanadalik Breyden SHnur bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi. Uchrashuvda SHnur 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi. Fomin dunyo reytinigda 1600, SHnur esa 244-o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar