18 iyu 15:28
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/72365_220.jpg)
Farg'ona "CHellenjer". Sanjar ikkinchi davrada kortga chiqdi
Farg'onada tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida "CHellenjer" turniri bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev avstraliyalik Aleksandr Vukichga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 45 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Sanjar raqibiga 4:6, 6:3, 3:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Avvalroq Olimjon Nabiev AQSH vakiliga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Humoyun Sultonov shveycariyalik tennischidan ustun kelib, uchinchi davraga yo'l olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar