15 iyu 09:27
Yangiliklar
Farg'ona “CHellenjer”ida birgina Fayziev qoldi
Asosiy to'r bahslarida 5 nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi. Ulardan birgina Sanjar Fayziev qoldi. Qolgan barcha tennischilarimiz raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Bugun Fayziev ilk davra uchrashuvida Dmitri Popkoga qarshi kortga chiqadi.
Humoyun Sultonov ilk davrada serbiyalik Nikola Milojevichga 4:6, 2:6, SHonig'matjon SHofayziev franciyalik Sadio Doumbioga 7:6, 4:6, 2:6, Temur Ismoilov belgiyalik Julen Dubailga 1:6, 6:3, 2:6, Jo'rabek Karimov esa turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Aleksandr Kudryavcevga 2:6, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Musobaqa g'olibi 7,200 dollar mukofot puli hamda 90 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 4,240 dollar hamda 55 dollarni qo'lga kiritadi. Birinchi davrada kortga chiqqan barcha tennischilar o'z hamyonlarini 520 dollarga boyitib olishadi.
Fikrlar