22 iyu 11:25
Yangiliklar
Tennis
Farg'ona “Fyuchers”. Abduraimova chorak finalda
SHu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning uchinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda g'alabaga erishdi.
Nigina ilk davrada istedodli tennischimiz Yasmina Karimjonovani 6:1, 6:1 hisobida mag'lub etgandi. Bir soatu 10 daqiqa davom etgan ikkinchi davra bahsida esa u hindistonlik Dxrutti Tatacharni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida engdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:49
SHohjahon Ergashev hind bokschisiga qarshi ringga chiqadigan boks oqshomining to'liq kardi malum 0
Fikrlar