21 iyu 12:45
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. Abduraimovada ham g'alaba
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning uchinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda oson g'alabaga erishdi.
Nigina ilk davrada yana bir istedodli hamyurtimiz Yasmina Karimjonova bilan to'qnash keldi. Roppa-rosa 50 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina 6:1, 6:1 hisobida zafar quchib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar