21 iyu 13:35
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. Kamolada g'alaba, Arina va Sarvinozda mag'lubiyat
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi davrasida yana bir tennischimiz muvaffaqiyatga erishdi. Terma jamoamiz azosi bo'lgan Kamola Umarova qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinani ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etdi.
Qolgan ikki tennischimiz esa mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Arina Folc hindistonlik Natasha Palxaga 7:6(4), 2:6, 4:6, Sarvinoz Sayidxo'jaeva esa rossiyalik Varvara Kuznecovaga 2:6, 6:2, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar