23 iyu 11:28
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. Sabina SHaripova ilk yarim finalchi!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bugun chorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti. Musobaqaning birinchi raketkasi Sabina SHaripova birinchilardan bo'lib yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz 1 soatu 4 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovani ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Ayni daqiqalarda yana bir hamyurtimiz turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilayotgan Nigina Abduraimova oltinchi raketka Kamila Kerimbaeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritmoqda. Birinchi setda Nigina 6:3 hisobida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar