21 iyu 12:31
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. SHaripova g'alaba bilan boshladi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Sabina SHaripova hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda engil g'alabaga erishdi.
Sabina ilk davrada yana bir hamyurtimiz SHahnoza Xotamovaga qarshi kortga chiqdi. Qirq to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda SHaripova 6:0, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar