13 iyu 21:25
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona turnirining asosiy to'riga 3 tennischimiz yo'l oldi
Bugun Farg'ona shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan nufuzli turnirning saralash bahslari yakunlanib, asosiy to'rda ishtirok etadigan barcha tennischilar nomi malum bo'ldi.
Saralashda ishtirokini boshlagan 11 tennischimizdan 3 nafari asosiy to'rga
yo'llanma oldi. Jamila Sayidxo'jaeva, Polina Merenkova va Kamola Umarov
endi asosiy to'r bahslarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Dunyoning 10dan ortiq davlatidan istedodli tennischilar ishtirok etadigan mazkur musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova birinchi raqam ostida harakat qiladi. Yana bir hamyurtimiz Sabina SHaripova ikkinchi raqamli tennichsi sifatida tasniflangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar