19 iyu 09:30
Yangiliklar
Tennis

Farg'onada “Fyuchers” turkumidagi turnir boshlandi
Farg'ona shahridagi “Istiqlol” kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada o'ndan ziyod davlatdan tennischilar ishtirok etishyapti. Ular orasida o'zbekistonlik tennischilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda.
Bugun saralashning final uchrashuvlari o'tkazilib, asosiy to'rga yo'llanma olgan tennischilarning nomi malum bo'ladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Farg'ona turnirida ham birinchi raqam ostida harakat qiladi.
Yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova esa ikkinchi raketka sifatida qayd etilgan. Kamola Umarova va Arina Folc ham asosiy to'rdan o'z ishtiroklarini boshlashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar