18 avg 10:03
Yangiliklar

Farg'onada voleybol bo'yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Z.Abdullaeva, Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i X.Ahmedov, Markaziy Osiyo voleybol konfederaciyasi hududiy kotibi Q.Sarbagishov, Farg'ona viloyati faxriy sportchilar uyushmasi raisi A.Otajonovlar so'zga chiqib, chempionat ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
SHuningdek, ochilish marosimida bir guruh faxriy va nomdor voleybolchilarga Turizm va sport vazirligining estalik sovg'alari topshirildi.
Takidlash kerak, ilk marotaba tashkil etilgan Markaziy Osiyo chempionati bahslarida yon qo'shnilarimiz bo'lmish Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda mamlakatimizning erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari g'oliblik uchun o'zaro musobaqalashmoqda.
Fikrlar