So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

13 dek 13:08
Yangiliklar

Farg'onadagi sport muassasalarining faoliyati o'rganildi

Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyatining Respublikamiz bo'ylab olib borayotgan o'rganish ishlari Farg'ona viloyatiga ko'chdi.

Rasmiylar viloyatidagi sport talim muassasalariga borib, federaciyalarning hududiy vakillari bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga viloyat hokimi Xayrulla Bozorov hamrohlik qildi.

Dastlabki manzil Farg'ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bo'ldi. Markaz mutasaddilari ishchi guruhga muassasaning imkoniyatlari, faoliyati va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida umumiy malumot berishdi. Tashrif davomida mashg'ulotlar jarayoni va markaz hududi ko'zdan kechirilib, qator masalalar bo'yicha fikr almashildi.

SHuningdek, Farg'ona tumani va shahridagi 1-son sport maktablari hamda Marg'ilon shahridagi sport maktabining faoliyati o'rganildi. Hududlardagi yoshlarning qaysi sport turiga ko'proq qiziqish bildirishayotganidan kelib chiqqan holda mashg'ulotlar jadvalini shakllantirish, maktablardagi murabbiylarning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Viloyatning 2025 yil va yangi Olimpiya cikli uchun tayyorgarlik rejalari mavzusiga bag'ishlangan yig'ilishi Farg'ona shahar 1-son sport maktabida o'tdi. Unda viloyat hokimligi masullari, soha mutaxassislari, federaciyalarning viloyat bo'limi vakillari bilan belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, Lazizbek Mullojonov hamda Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev kabi Olimpiada chempionlarini tarbiyalash, kelgusi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishi mumkin bo'lgan farg'onalik sportchilarning shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish kabi yo'nalishlar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing