06 jan 08:14
Yangiliklar
Farmon ijrosi amalda yoxud departament xodimlari shaxmat-shashka bo'yicha musobaqalashdi
2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari o'rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada tizimda faoliyat olib borayotgan 30 nafar xodim ishtirok etdi.
G'olib va sovrindorlar:
1-o'rin: Naurizbaev Salamat (Taxiatosh tumani ish yurituvchisi),
2-o'rin: Saparbaev Salao'at (Xo'jayli tumani bo'lim boshlig'i),
3-o'rin: Utambetov Komekbay (Boshqarma RMB katta inspektori).
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Fikrlar