06 iyu 20:19
Yangiliklar
Tennis

Farrux Do'stov Bashtadda chorak finalga chiqa olmadi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov SHveciyaning Bashtad shahrida davom etayotgan turnirning ikkinchi davrasida mag'lubiyatga uchradi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 42,500 evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz ikkinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik taniqli raketka ustasi Daniel Gimeno-Traverga ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Malumot uchun, Do'stov turnirning ilk davrasida yana bir ispan tennischisi, musobaqaning ettinchi raketkasi Daniel Munsodan 4:6, 6:2, 6:2 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar