18 iyu 17:40
Yangiliklar
Tennis
Farrux Do'stov Farg'onadagi "CHellenjer"da ikkinchi davraga chiqdi
Xabar berib o'tganimizdek, Farg'onada tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Turnir doirasida bugun o'zbekistonlik tennischi Farrux Do'stov ham kortga chiqdi. Qizg'in kechgan bahs yakuniga ko'ra Farrux belgiyalik Yanik Mertensni 6:4, 4:6, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Havola :
Manba : t.me/Tennis007
Fikrlar