08 may 18:11
Yangiliklar
Tennis

Farrux Do'stov ham Qarshidagi "CHellenjer"da yutqazdi
Qarshida bo'lib o'tayotgan "CHellenjer" musobaqasi yakkalik bahslarida yana bir tennischimiz mag'lubiyatga uchradi.
Bungacha Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayzievlar raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.
Endi esa Farrux Do'stov Belorus vakili Egor Garasimovga mag'lub bo'ldi.
1 soat 11 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz 3:6, 4:6 hisobida yutqazdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar