26 jan 14:56
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Aktobedagi turnirda yarim finalga chiqa olmadi
Qozog'istonning Aktobe shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar bugun chorak final bahsida kortga chiqdi.
Istedodli tennischimiz bir necha daqiqa avval yakuniga etgan uchrashuvda italiyalik Lorenco Gustinoni mag'lub etdi. Uch soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev 6:4, 6:7, 6:7 hisobida mag'lub bo'ldi. Italiyalik tennischi turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar