31 may 12:09
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Andijon “Fyuchersi”da chorak finalga chiqdi
Andijon shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning o'ndan ortiq davlati tennischilari ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi sifatida g'oliblik uchun kurashni davom ettiryapti.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada belaruslik Mikalay Xalyakni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi. Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida u yana bir hamyurtimiz Botir Sapaevni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar