30 may 10:40
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Andijon “Fyuchersi”ni g'alaba bilan boshladi
Andijon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning o'ndan ortiq davlati tennischilari ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi sifatida g'oliblik uchun bahslarga kirishdi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada belaruslik Mikalay Xalyakka qarshi kortga chiqdi va raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Pavel Coy yana bir tennischimiz Abror Isoqovni 6:4, 4:6, 6:1 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar