05 dek 11:10
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Dohadagi turnirda, ilk raqib malum
Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz azosi turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra hamyurtimiz ilk davrada italiyalik Mirko Kutiliga qarshi kortga chiqadi. Kutili saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan.
Malumot uchun, o'tgan hafta aynan Dohada o'tkazilgan xuddi shunday turnirda hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar