16 avg 09:05
Yangiliklar
Tennis

Fayziev g'alaba bilan boshladi, navbat Ismoilovga
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada ikki hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev ilk davrada isroillik Alon Elliani ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Fayzievning ikkinchi davradagi raqibi qozog'istonlik Denis Evseev bo'ladi. Yana bir tennischimiz Temur Ismoilov esa turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qiladi. U birinchi bosqichda ukrainalik Marat Devyatyarovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar