08 iyu 16:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14010_220.jpg)
Fayziev juftlikda finalga chiqdi
Namangandagi "Fyuchers" turnirida Sanjar Fayziev juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqda.
Qozog'istonlik Timur Xabibulin bilan juftlik hosil qilgan Sanjar turnirning birinchi raqamli juftligi sifatida saralangan hindistonlik sportchilar SHriram Balaji/Vishnu Vardhanlarga qarshi kortga chiqishdi. 1 soat 23 daqiqa davom etgan bahsda Sanjar va uning sherigi 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Ular endi bosh sovrin uchun Vladislav Manafov (Ukraina) / Denis Matcukevich (Rossiya) juftligiga qarshi bahs olib boradilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar