21 apr 10:55
Yangiliklar

Fayziev juftliklar bahsida ham mag'lubiyatga uchradi
“Dilkusho” tennis kortlarida o'tayotgan musobaqaning juftliklar bellashuvida final ishtirokchilari malum bo'ldi. Rossiyalik Evgeniy Tyurnev bilan tandem hosil qilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev ishtirokini final ostonasida yakunladi.
Fayziev/Tyurnev hamkorligi yarim final uchrashuvida musobaqaning birinchi raqamli juftligi - belaruslik Sergey Betov hamda ukrainalik Vladislav Manafovga 4:6, 7:6(6), tay-brekda 7:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, kecha yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvlari o'tkazilgan edi. Ushbu bosqichga etib kelgan yagona vakilimiz Sanjar Fayziev 2 soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda ukrainalik Vadim Ursuga 6:1, 6:7(4:7), 4:6 hisobida yutqazgandi.
Fikrlar